Afshin (qoʻshiqchi)

Afshin Jafariy (inglizcha: Afshin Jafari, fors. افشین; tugʻilgan 6-may, 1978-yil; Babol, Eron) — kelib chiqishi erondan boʻlgan Olmoniyalik qoʻshiqchisi. Fors tilida kuylaydigan eng mashhur pop-yulduzlardan biri. Muxlislarga «Afshin» taxallusi bilan yaxshi tanish.

Afshin Jafariy 1978-yilning 6-may kuni Eronning Kaspiy dengizi sohilida joylashgan Babol shahrida tugʻilgan. Bolaligidan musiqa va qoʻshiq kuylashga qiziqgan. Oʻn yoshida gitarada oʻynashni oʻtganib oʻzi sherlar yozgan. 1995-yilda, Afshin 17 yoshida oilasi bilan Olmoniyaga koʻchib ketgan va Mangeym shahrida yashay boshlagan.

Yoshligida mahalliy eronlik muxojirlar orasida qoʻshiqlar kuylagan. Bir necha yildan soʻng, Afshin 21 yoshga toʻlganida, u «ParsVideo» studiyasi bilan shartnoma imzolaydi. Asosan pop, xip-xop va rep janrlarida kuylaydi.

Kichik vaqt ichida Afshin fors tilida kuylaydigan eng mashhur qoʻshiqchilardan biriga aylanadi va dunyoning koʻplab davlatlarida konsert berib keladi. Jumladan: Olmoniya, Avstriya, Fransiya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya, Belgiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Turkiya, Tojikiston shular jumlasidandir.


Lotin alifbosida maqola: Afshin (qoʻshiqchi) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
YAPONIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты