Shavkat Ayupov

Shavkat Abdullayevich Ayupov (1952.14.9, Toshkent) – matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), fizika-mat, fanlari doktori (1983), professor (1985). A. T. Lyulovning oʻgʻli. Toshkent davlat universitetining matematika fakultetini tugatgan (1974). Toshkent Davlat Universitetida oʻqituvchi (1977-79) va Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutida katta ilmiy xodim (1979-88), algebra va analiz boʻlimi mudiri (1986-yildan), direktor oʻrinbosari (1986 – 92), direktor (1992-97). 1997-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi. Asosiy ilmiy ishlari funksional analiz va uning zamonaviy tarmoqlaridan biri hisoblangan opera-torlar algebralari nazariyasiga oid. A. Yordan algebralari soxasida ham nazariy, ham tatbiqiy yoʻnalishda yirik i. tlarni amalga oshirdi. Gilbert fazosidagi oʻz-oʻziga qoʻshma operatorlar Yordan algebrasi tuzilishi va qurilishi boʻyicha muhim natijalar oldi.


Lotin alifbosida maqola: Shavkat Ayupov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
TOSHKENT
AYUPOV Shavkat Abdullayevich
ALGEBRA
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты