Toshpoʻlat Ayyubxoʻjayev (1836-1908, Toshkent) – oʻymakor usta; otasi usta Ayyubxoʻjadan hunar oʻrgangan. Ayyubxoʻjayev yogʻoch oʻymakorligining pargari uslubida ijod qilgan. Yongʻoq va chinor yogʻochlaridan yasalgan koʻp qirrali stol, kursi, quticha va chilimlarni nafis handasiy naqshlar bilan bezagan. Uning asarlari respublika muzeylarida saqlanadi.