Ozarbayjon turkchasi

Ozarbayjon turkchasi, Ozarbayjoncha, Ozarcha yoki Ozarbayjon tili (ozarbayjon turkchasi: Azərbaycan dili, Azərbaycan türkcəsi, Azərbaycanca) — turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub til; asosan Ozarbayjonda va Eronda, qisman Gruziya, Turkiya, Iroq va Rossiyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 14 mln. kishidan ortiq (jumladan, Ozarbayjonda 6 mln.ga yaqin — 1979-yil maʼlumotlari). Ozarbayjon tili 4 lahja guruhiga ega: sharqiy (kuba, boku, shemahi lahjalari va mugʻan, lankaran shevalari); gʻarbiy (kazax, qorabogʻ, ganja lahjalari, ayrum shevasi); shimoliy (nuhin lah-jasi va zakatala-kox shevasi); janubiy (na-xichevan, oʻrdubod, tavriz lahjalari, yerevan shevasi). Lahjalardagi farqlar, asosan, fonetika va leksika sohalarida kuzatiladi.

Ozarbayjon tili fonetikasining boshqa turkiy tillarga nisbatan farqli jihatlari: Ozarbayjon tilida 9 unli, 23 undosh tovush bor; bar-cha oʻrinlarda G fonemasining keng qoʻllanishi; asli turkiy k/k, undoshlarining jaranglilanishi (qongan) va boʻgʻiz tovushiga aylanishi (qachon-pachan) soʻz boshidagi baʼzi ja-rangli undoshlarning jarangsizlanishi (balchiq—shalchig) va boshqa Morfo-logiyada bir qator affiksal koʻrsatkichlar oʻzaro farqlansa, sintaksisda bogʻlovchili qoʻshma gaplar tizimi ri-vojlangan. Hozirgi Ozarbayjon tili leksikasining aso-siy qismini shu tilning oʻziga mansub va umumturkiy soʻzlar tashkil etadi; shuningdek, unda arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.

Yozuvi 1929-yilgacha arab grafikasi asosida, 1929—39 yillarda lotin grafikasi asosida, 1939—90 yillarda rus grafikasi asosida boʻlgan. 1992-yildan yana lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. Hozirgi adabiy Ozarbayjon tili (Ozarbayjon Respublikasida) 19-asrning oʻrtalarida boku va shemahi lahjalari asosida shakllana boshlagan.

Yozuvi

AaBbCcÇçDdEeƏəFf
GgĞğHhXxİiJjKk
QqLlMmNnOoÖöPpRr
SsŞşTtUuÜüVvYyZz

Lotin alifbosida maqola: Ozarbayjon turkchasi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OZARBAYJON TILI
GRUZIYA
Agʻdam tumani
ERON
KUBA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты