Matluba Azimjonova

Azimjonova Matluba Muhammadjonovna -neonatolog, pediatr, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi pediatriya ilmiy — tekshirish instituti neonatologiya bo‘limining rahbari, professor.

1939-yil 5-iyunda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni tamomlagandan so‘ng Toshkent tibbiyot institutining pediatriya fakultetiga o‘qishga kirdi.1967-1970-yillarda esa Tibbiyot Fanlar Akademiyasi aspiranturasida o‘qiydi.

Institutni tamomlagach, 1963-1965-yillar davomida 7-birlashgan bolalar kasalxonasida uchastka pediatri bo‘lib ishlaydi, so‘ng Ittifoq Tibbiyot Fanlar Akademiyasining pediatriya institutida tadqiqotchi-stajyor sifatida ishlaydi. 1974-yildan boshlab Matluba Muhammadjonovnaning pedagogik faoliyati boshlanadi. U Toshkent shifokorlar malakasini oshirish institutida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar fiziologiyasi va natalogiyasi tsikli bo‘yicha stajirovka doirasiga rahbarlik qildi. 1989-yildan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2-pediatriya kafedrasida faoliyat ko‘rsata boshladi.1992-yilda shu kafedraning ikkinchi professori, 1998-yildan boshlab esa neonatologiya kafedrasining professoridir. O‘zining mexnat faoliyati uchun professor Matluba Azimjonova „Mehnat faxriysi“, „Sog‘liqni saqlash a’lochisi“ nishoni va qator faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan.

M.Azimjonova nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagandan so‘ng respublikada birinchi bo‘lib chala tug‘ilgan bolalarni parvarish qilish bo‘limlarini tashkil qilish, ularning parvarish usullarini takomillashtirish, ovqatlantirish muammolari bilan shug‘ullandi.

Uning ilmiy izlanishlari va klinik kuzatishlari natijalari chala tug‘ilgan chaqaloqlarning ikkinchi bosqich parvarish bo‘limlarini tashkil qilish ishining printsiplari, ularni ovqatlantirish masalalari bo‘yicha uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqish imkoniyatini berdi.

M.Azimjonova tomonidan ilk bora O‘rta Osiyo mintaqalarida oy kuni yetmasdan tug‘ilgan bolalarda sensis kasalligining klinik kechish xususiyatlari, ayrim asoratlarining, xususan kamqonlikning rivojlanish mexanizmlari, bolaning immun holatining o‘zgarish jarayoplari ishlab chiqildi.

1992-yil davomida Matluba Muxammadjonovna Amerikaning "Krossmink Interneyshenel" korporatsiyasi olimlari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida kamqonlik kasalligining tarqalish darajasini o‘rgandi. Shu korporatsiyaning taklifi bilan 1993-yildan u Amerikaning uchta shtatida bo‘lib, ulardagi tug‘ruqxonalar ishining tashkil qilish, chaqaloqlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limlari, reanimatsiya va jadal davolash bo‘limlari faoliyati bilan tanishib qaytdi.

Professor M.Azimjonova Sog‘liqni saqlash vazirligi xay’at yig‘ilishlarida bir necha marta erta neonatal davri va neonatal davri kasalliklari xamda o‘lim sabablari, ularni kamaytirish yo‘llari to‘g‘risidagi masalalarni ko‘tarib chiqdi. Bu takliflar vazirlikning tug‘ish yoshidagi ayollar, tuqqan ayollar va ularning chaqaloqlarini sog‘lomlashgirish to‘g‘risidagi maxsus buyrug‘iga asos bo‘ldi.

M.Azimjonovannng ilmiy izlanishlari natijalari uchta monografiya, 150 ta ilmiy maqola, 25 ta uslubiy tavsiyanomalarda o‘z aksini topgan. U bitta mualliflik va 6 ta ixtirochilik guvoxnomasini olgan. Uning raxbarligida 2 ta doktorlik, 12 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.


Lotin alifbosida maqola: Matluba Azimjonova haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
YAPONIYA
Qatag'onlik siyosati


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты