Oqil Azimov

Oqil Odilovich Azimov (1946.21.5, Toshkent) – patent-axborot sohasidagi olim, ixtirochi. Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Toshkent poli-texnika institutini (1968), Standartlash va metrologiya institutini (Moskva) (1978), Butun jahon intellektual mulk tashkiloti Akademiyasini (Jeneva) (1997) tu-gatgan. Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot institutida ishlagan (1970–92), Oʻzbekiston Respu-blikasi Davlat patent idorasi direk-tori (1992-yildan). Azimovning ilmiy ishlari patent-axborot tahlili va ilmiy-texnikaviy ijodkorlik sohalariga doir. Azimov rahbarligida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va undan foy-dalanishning davlat tizimini tuzish hamda rivojlantirish boʻyicha ishlar olib boriladi. Uning ixtirolari bir qator sanoat va suv xoʻjaligi ob’ektlariga tadbiq etilgan.


Lotin alifbosida maqola: Oqil Azimov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: O harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
AZIMOV Oqil Odilovich
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты