Sarvar Olimjonovich Azimov (20-may 1923-yil, Jizzax – 1994-yil, Toshkent) Taniqli sovet va oʻzbek yozuvchisi, shuningdek davlat arbobi va diplomat. Istedodli shoir Hamid Olimjonning kenja ukasi. Rossiyalik diplomat Anvar Azimovning otasi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1983). Filol. fanlari doktori (1968). Oʻrta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1946). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, sektor mudiri, direktor oʻrinbosari (1948 – 55). OʻzKP MK fan va madaniyat boʻlimi mudiri (1955–56). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi birinchi kotibi (1957-58, 1980-85), Oʻzbekiston SSR madaniyat vaziri (1958– 59), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri (1959-69, 1988-91). Sobiq SSSRning Livandagi (1969–74), Pokistondagi (1974–80) favqulodda va muxtor elchisi. A. pesalar ("Qonli sa-rob", 1964; "Yulduzlar jamoli", 1966; "Zamon dramasi", 1968), qissalar ("Ka-malak", 1964; "Ikki dil – ikki olam", 1967), hikoyalar, kinossenariylar mu-allifi. U adabiy jarayon masalalariga bagʻishlangan adabiy-tanqidiy va publi-sistik maqolalar yozdi. Hamid Olimjon ijodini tadqiq etdi.As: Saylanma, 2 jildli, T., 1988.
1946-yilda Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning Filologiya fakultetini tamomlagan, Filologiya fanlari doktori. 1953-yildan Kommunistik partiyasi aʼzosi. Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega. 1973-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, 1983-yilda esa Oʻzbekiston xalq yozuvchisi.