Akbar Asqarov

Akbar Asqarovich Asqarov [1902.25.10 (7.11) – Toshkent – 1978.9.5] – terapevt, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1943), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1956). 1927-yil Oʻrta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakultetini bitirgan. Toshkent tibbiyot instituti fakultet terapiyasi kafedrasi mudiri (1941-yildan). Asqarov koʻp yillar davomida me’da-ichak kasalliklari etiologiyasi, klinikasi va davolash (ayniqsa oʻzbek taomlaridan tuzilgan parhez yordamida) usullari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. A.ning ingichka ichak, yoʻgʻon ichak, oʻt pufagi va jigar kasalliklari ustida olib borgan ilmiy ishlari tibbiyot nazariyasi va amaliyotini boyitgan. Ibn Sino "Tib qonunlari" asarining oʻzbekcha nashriga mas’ul muharrir va ruscha nashrining tahrir hay’ati a’zosi boʻlgan. Toshkentdagi koʻchalardan biri uning nomiga qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: Akbar Asqarov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
ASQAROV Akbar Asqarovich
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты