Boysunqor Mirzo

Boysunqor Mirzo (1477-1499), hukmronlik yillari 1495-1497, Movarounnahrda Temuriylar sulolasining to‘qqizinchi hukmdori.

Boysunqor Mirzo (1477-1499), Abu Said temuriyninguchinchi o‘g‘li Sulton Mahmud mirzaning ikkinchi o‘g‘li bo‘lgan.

Avvalida otasi unga Buxoro o‘lkasini berdi.

1495 yil otasining vafotidan so‘ng, Movarounnahrda Temuriylar davlatini boshqardi. Boshqargan yillari (1495-1497).

Uning hukmdorlik vaqtlari tinch bo‘lmadi. 1496 yil hukmdorlikni saqlab qolish uchun boshqa temuriy Sulton Ali mirza bilan kurashishga majbur bo‘ldi. Avvaliga uni Shayboni-xonga yaqin bo‘lgan sulton Mahdi va Xamzalar qo‘llab-quvvatlashgan, keyinroq esa uni tark etdilar.

Boburning ma’lumotlariga qaraganda Baysunkar Adili adabiy taxallusi ostida yaxshi she’rlar bitgan. Samarqandda Boysunqor Mirzoning g‘azallari shu darajada ommalashgan ediki, mirzaning she’rlari bo‘lmagan uy kam bo‘lgan.

1497 yil amakivachchasi temuriy Bobur yetti oylik qamaldan so‘ng Samarqandni qo‘lga oladi va Sulton Boysunqor MirzoHissorga qochishga majbur bo‘ladi. Bu yerda uni Xusrau-shoh qo‘llab-quvvatladi, so‘ngra, Samarqandni ishg‘ol qilishda muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng, u unihimoya qilmay qo‘ydi.

Boysunqor Mirzo 1499 yilning 17 avgustda Hissorda Xusrau-shox tomonidan o‘ldiriladi. Boysunqor Mirzodan keyin avlod qolmagan.


Lotin alifbosida maqola: Boysunqor Mirzo haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
BOBUR
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты