Abdurazzoqov Ubaydulla Abbosovich

Ubaydulla Abbosovich Abdurazzoqov (1932 yili Toshkentda tug‘ilgan) — O‘zbekiston Respublikasi davlat arbobi va diplomat, Favqulotda va muxtor elchi (1993). Tarix fanlari nomzodi (1966).

  • 1957 yili Toshkent pedagogika institutini tamomladi
  • 1952 yildan respublika ta’lim tizimida ishlagan. 1954 yilda komsomol tashkilotlarini boshqargan. 1965 yildan - O‘zbekiston KP Toshkent viloyati qo‘mitasi, O‘zbekiston KP MK, O‘zSSR Vazirlar Kengashi
  • 1971—1974 yy. — O‘zSSR Vazirlar Kengashi ish boshqaruvchisi
  • 1974—1978 yy. — Sovet xalq deputatlari Namangan ijroiya qo‘mitasi raisi
  • 1978—1987 yy. — “Bilim” (Znaniye) respublika jamoasi boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari
  • 1987—1990 yy. — “Mehnat” kitob nashriyoti bosh muharriri (Trud)
  • 1990—1992 yy. — Nashr ishlari bo‘yicha O‘zSSR Davlat qo‘mitasi raisi
  • 1992—1993 yy. — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri
  • 1993 yildan - O‘zbekistonning Turkiyadagi favqulotda va muxtor elchisi

1991 yilning sentyabrida O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi ta’sis qurultoyini tayyorlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mitasiga kirgan. Ikki marta O‘zbekiston Oliy Kengashi deputati etib saylangan.

Uylangan, ikki o‘g‘il farzandi bor.


Lotin alifbosida maqola: Abdurazzoqov Ubaydulla Abbosovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
TOSHKENT
TARIX


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты