Abdulaziz-xon

Abdulazizxon (1513-1550) - Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan Buxoro xonligining oltinchi hukmdori. 1540-1550 yillar hukmdorlik qilgan.

Abdulazizxon Ubaydullaxonning katta o‘g‘li bo‘lgan, u 1513 yilda Buxoroda tug‘ilgan. U otasi Ubaydullaxon tomonidan mag‘lub etilgan Astrabodda 1526-1527 yillar mobaynida xokimlik qilgan. Abdulazizxon otasi Ubaydullaxon bilan birgalikda 1529 yili Xurosonda Shax Taxmaspaga qarshi urush qilgan.1535-36 yillarda Ubaydullaxonga tegishli armiyaga qo‘mondonlik qilib, Xorazmga yurish qiladi va 1538 yilda ularni mag‘lub etib, Urgenchda Xorazm davlatini boshqaradi. Bir qancha muddat boshqarish vaqtida Xurosondan Din Muxammad Sulton qo‘shini bilan Xorazmga kelib, Abdulazizxonni Buxorogo haydab yuboradi.

1540 yili Ubaydullaxon olamdan o‘tadi va taxtga Kuchkundji Abdulla Xon o‘tiradi, lekin u oz muddat taxtga ega qilaoladi. Uning o‘limidan so‘ng davlat ikki hukmron boshqaruviga o‘tadi. Buxoroda Ubaydulla Abdulazizxon va Samarqandda Kuchkundji Abdulla Xon o‘g‘li Abdulatifxon hukmronlik qiladi. Abdulazizxon Abdullaxonni esa xon sifatida tan olmaydi. Ular o‘rtasidagi kelishmovchilikni Jubayra sheyxlari hal qilib berishadi. Shunday qilib, Shayboniylar sulolasi davrida davlat ikki hukmronlikni boshidan kechiradi, bu holat 1550 yillar o‘rtalarigacha davom etadi.

Abdulazizxon hukmdorlik paytida davlatda xalq solig‘ini kamaytiradi va iqtisodiy islohotlarni amalga oshiradi.

U boshqa chet davlatlari bilan ham aloqalar o‘rnatadi, jumladan Usmoniylar imperiyasi va Xitoy bilan aloqalarni mustahkamlaydi.

Abdulazizxonning manaviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha ustozi Jalol shayx bo‘lib, bu yo‘nalishdagi ishlarni anchayin rivojlantiradi. Natijada O‘rta Osiyoda eng katta Kutubxona vujudga keladi. O‘sha yillarda davlatda Fan, ta’lim, iqtisod sohalari rivojlanib borgan. Abdulazizxonning o‘zi xam qobiliyatli shoirlardan bo‘lib tyurk tilida Azizi taxallusi ostida she’rlar yozgan.

Abdulazizxon 1550 yil 16 may kuni Buxoroda olamdan o‘tadi. Uning jasadi otasining yoniga Mir Arab madrasasiga dafn etilgan.


Lotin alifbosida maqola: Abdulaziz-xon haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Umar Shayx Mirzo Bahodir
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты