Musayev Jo‘ra Azimboyevich
Musayev Jo‘ra Azimboyevich — sovet va o‘zbek genetik olimi. Biologiya fanlari doktori, professor (1975), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi sanaladi.
1928 yil 12 mayda Yangiyo‘l qishlog‘ida tavallud topgan. 1948 yil biolog-botanik mutaxassisligi bo‘yicha O‘rta Osiyo davlat universitetini, so‘ng esa aspiranturasini tamomladi.
O‘rta Osiyo davlat universiteti (1960 yildan Toshkent davlat universiteti) darvinizm va genetika kafedrasida: assistent (1952-1956), dotsent (1956-1974), g‘o‘za genetika muammolari laboratoriyasi rahbari (1974 yildan), kafedra mudiri (1981-1984) va bir vaqtning o‘zida, umumiy fanlar fakultetining tayyorlov bo‘limini boshqargan (1961-1966). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘simlik biologiyasi eksperimental instituti direktori (1982-1984), Prezidium a’zosi (1984-1988), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi bosh ilmiy kotibi lavozimlarida ishladi (1985—1988).
1989-1992 yillarda — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘simlik biologiyasi instituti g‘o‘za genetika muammolari laboratoriyasi rahbari. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi genetik institutini tashkil etgan, u yerda o‘simliklar genetikasi bo‘limini boshqargan (1992-2000). 2000 yildan — bosh ilmiy maslahatchi, shuningdek, universitetda genetika va embriologiya, tuproqshunoslik kafedrasining rahbari.
Asosiy tadqiqot yo‘nalishi — paxta genetikasi. Paxtaning genetik kolleksiyasini yaratdi.
1955 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, 1974 yil — doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1984 yil O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi a’zosi etib tayinlandi. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi tahririyat kengashi a’zosi (1997).
U o‘nlab ilmiy ish doktor va nomzodlarini tayyorlagan. Olim ilmiy ishlar (maqolalar, ilmiy asarlar) muallifidir.
2014 yil 27 oktyabrda vafot etdi.
Mukofotari: