Jamilova Gulchehra
Gulchehra Mannonovna Jamilova —aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1992).
1946 yil 2 iyulda Toshkentda tavallud topgan. 1964 yilda Toshkent xoreografiya bilim yurtini tamomlagan.
Keyinchalik 1968 yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-san’at institutining aktyorlik fakultetini tamomladi. "Bahor" Davlat xalq raqs ansamblida yakkaxon ijrochisi bo‘lgan. 1966— 1987 yillarda Hamza nomidagi O‘zbek Davlat akademik drama teatrida aktrisa sifatida faoliyat boshladi.1987 yildan 1991 yilga qadar O‘zbekiston davlat drama teatrida faol xizmat qildi. 1991 yilda Xamza nomidagi o‘zbek akademik drama teatriga qaytdi. Gulchehra Jamilova kino sohasidagi ish faoliyatini 1962 yilda boshlagan.
Birinchi marotaba “Shohsanam va g‘arib” filmida Shohsanamning dugonasi rolida o‘ynagan. 1966 yilda Silviyada “Veronalik ikki yigit” sahnalashtirilgan teatrida rol o‘ynadi. U yana boshqa ko‘pgina postanovkalarda, “Qonli sarob”, “Oltin devor”, “Zebuniso”, “Nodirabegim”, “Boy ila xizmatchi” va boshqalarda rol ijro etdi.
1968 yilda A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani asosida suratga olingan filmida rol ijro etdi.
Filmografiya
1965 — Ko‘rmayin bosdim tikanni — Gulchehra
1969 — O‘tgan kunlar — Kumush
1971 — Shiddat — Manzura
1976 — Yilning to‘rt fasli — Nozima
1984 — Sevgi afsonasi — Malkani
1992 — Qolish
1993 —Qon bilan to‘langan baxtim mani
2000 — Parimomo
2000 — Shaytanat — shaytonlar saltanati — Manzura
2005 — Go‘zallik siri
2014 — Geolog: O‘limdan og‘ir
Unvon va mukofotlari