G‘iyosiddin Jamshid ibn Mas’ud Qoshiy —matematik va astronom.
1380 yil Koshon (u vaqtlar Amir Temur davlatiga tegishli bo‘lgan, hozirgi Eron) shahrida tug‘ilgan. 1413-1414 yillar Amir Temurning o‘g‘li Shohruhga bag‘ishlangan (u davda hokimiyatni Amir Temur boshqargan) astronomik jadvalni tuzgan.
Samarqandda Ulug‘bek madrasasi qurilgach, u ushbu shaharga kelib, Qozi zoda Rumiy va Ali Qushchilar bilan birga Ulug‘bek rahbarligi ostida mashhur Ulug‘bek rasadxonasining loyihalash va qurilish ishlarida ishtirok etadi. Ammo qurilish nihoyasiga yetguncha yashamaydi. Samarqandga dafn etilgan.
Uning qalamiga quyidagilar tegishli:
“Miftax al-xisab” ((forsiyda yozilgan) “Arifmetika kaliti”) - al Koshiyning asosiy asari bo‘lib, arifmetika va algebra bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bayonotiga bag‘ishlangan. Fan tarixshunoslar tomonidan yuqori baholangan, ko‘plab ovrupa tillariga tarjima qilingan;
“Ar-Risala al-muxitiyya” ((forsiyda yozilgan) “Aylana haqida risola”) - asar π (pi) soni hamda sin 1° ni o‘z davri uchun o‘ta aniqlakda hisoblashga bag‘ishlangan;
“Zidj Xakani dar takmili zidji Elxani” ((forsiyda yozilgan) “Zidji Hoqoniy”) - Shohruhga bag‘ishlangan astronomik jadvallar.
Ulug‘bekning akademiyasi kabi qimmatli ma’lumotlar mavjud otasiga yozgan maktubi Ovrupa va Osiyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.
Jomiy al Koshiyning matematika faniga qo‘shgan hissasi
Jamshid Koshiyning fan rivojiga qo‘shgan hissasi butun dunyoda tan olingan va munosib baholangan. Uning asarlarining ko‘plab ko‘chirma nusxalari Berlin, Leyden, Sankt Peterburg, London va boshqa davlatlar kutubxonalarida saqlanmoqda. U haqda G. Zuter (Germaniya), V. V. Bartold (Rossiya), E. Kennedi, D. Knut (AQSh) va boshqalar yuqori fikr bildirishgan.