Alouddin Ali ibn Muhammad al-Qushchi

Ali Qushchi (1403-1474) - o‘rta osiyolik matematik va astronom. Ulug‘bek, al-Koshiy va Qozi-zoda ar-Rumiylarning shogirdi. Rumiyning o‘limidan so‘ng Samarqand rasadxonasini boshqargan, “Zidjiy Ko‘rag‘oniy” yakun topishida ishtirok etgan.

Ulug‘bekning o‘limidan so‘ng ali Qushchi Forsga ko‘chib ketadi, u yerdan esa endigina turklar tomonidan bosib olingan Konstantinopolga ketib, sulton Mexmed II ga xizmat qiladi. Bu yerda u vizantiyalik olimlarni Samarqand maktablarining ayrim kashfiyotlari bilan tanishtiradi, jumladan, o‘n karralik hisob bilan. Ali Qushchi Istambulning Ayya Sofiya masjidi qoshidagi madrasasini tashkil etgan bo‘lib, turklar uni vizantiyaning Muqaddas Sofiya cherkoviga aylantirib, bir qator turk olimlariga ta’lim berishgan.

Ali Qushchi “Arifmetika fani haqida risola” va “Astronomiya fani haqida risola”lar muallifi. Bu asarlar XVI-XVII asrlarda O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida matematika fanini o‘rgatishda katta rol o‘ynagan. U Ulug‘bekning “Zidjiy Ko‘rag‘oniy” hamda Al-Koshiyning “Samolar zina-poyasiga” sharhlar yozgan.

Olim qolgan umrining bor-yo‘g‘i ikki yilini Konstantinopolda yashaganligiga qaramay, bu davr faol ilmiy va ta’limiy faoliyatga boy bo‘lgan. Xususan, Ulug‘bekka sodiq olim sifatida Ali Qushchi uning bebaho asari “Zidjiy Ko‘rag‘oniy”ni (Ulug‘bekning yulduzli osmon xaritasi) saqlab qolgan va ko‘p nusxalarda ko‘paytirgan, turk tiliga tarjima qilib, unga sharh yozgan. Shunday qilib, mazkur asar Ovrupa va Osiyo olimlarining mulkiga aylangan. XVII asrda polshalik astronom Yan Geveliy asarni Ovrupada nashrdan chiqaradi.

Manbalarga ko‘ra, Ali al-Qushchi o‘zidan so‘ng matematika, astronomiya va tilshunoslikka doir 30 ga yaqin risola qoldirganligi ma’lum. Ular orasida 1425 yil Samarqandda yozilgan “Risola fi-al-hisob” (Arifmetika bo‘yicha risola) ham bor. Asar uch qismdan iborat: hisob tizimi, oltmish tizimlik hisob va muhandislik faoliyati.

Boshqa muhim asari astronomiyaga bag‘ishlangan “Risolai kusur” (Kasr risolasi), arifmetika, algebra, geometriya va trigonometriya masalalariga oid “Risola al- Muhammadiya fi al-hisob” (Muhammadning arifmetika bo‘yicha risolasi), “Risola fi xalli al-shakl al-hilal” (Yarim oy shaklini o‘lchash risolasi), “Sharhi miftox al-ulumi Taftazani” (Tafnaziyning “Fanlar kaliti” asariga sharh) kabilar bo‘lib, ularda Samarqandning astronomiya maktabi olimlarining izlanishlari va yutuqlari o‘z aksini topgan.

Mazkur asarlarning qo‘l yozmalari hozirda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi ilmiy-tadqiqot qo‘l yozmalar markazi, Rossiya fanlar akademiyasining Sankt Peterburgdagi Sharqshunoslik instituti filiali, Rossiya Fanlar akademiyasi kutubxonasi, Britaniya muzeyi, Oksford universiteti kutubxonasi, Kembridj universiteti kutubxonasi, Berlin davlat kutubxonasi, Mashhaddagi imom Rizo memorial majmua kutubxonasi, Turkiyadagi Sofiya ayya kutubxonasi, Dushanbedagi Firdavsiy nomidagi milliy kutubxona va boshqa shu kabi turli kitob fondlari va kutubxonalarda saqlanib kelmoqda.

Yuqorida keltirib o‘tilgan risolalar nafaqat Movaraunnaxr, balki Ovrupa, Yaqin va O‘rta Sharq ilmiy davralarida juda ommabop bo‘lib, Ali al-Qushchi tomonidan ilgari surilgan tadqiqot yo‘nalishlarining kelajakdagi rivoji uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

O‘zining astronomik ishlarida Ali Qushchi ma’lum tajribaga zid emasligini tahmin qilgan holda, Yer o‘z o‘qi atrofida sutka davomida aylanishini muhokama qilgan va mazkur muammoning yechimi uchun Aristotelning tabiiy falsafasidan foydalanishni rad etgan.

Shuningdek, Ali al Qushchi “Pi” raqamini 16 o‘nlik belgilargacha hisoblagan (ko‘pburchakning ikki tarafidan 27 juftni tashkil etgan va 3*228 burchakka ega ko‘pburchakgacha yetib borgan).

Ali Qushchidan 150 yil o‘tib, F.Viyet “Pi” sonini bor-yo‘g‘i 9 o‘nlik belgilar bilan hisoblab, ko‘pburchak tomonlari sonini 16 juftini hosil qiladi.

Ali Qushchidan 250 yil o‘tib, uning natijalari ilgarilab ketadi. 1615 yil Kyoln shahridan gollandiyalik matematik Ludolf van Seylen 32 ta to‘g‘ri belgini aniqlaydi.

Ali Qushchiga bir qator tilshunoslikka doir asarlar ham tegishli. U Ulug‘bekning elchisi sifatida Xitoyga safari chog‘ida “Xitoy haqida kitob”ni ham yozgan.

Ali Qushchi 1474 yil 16 dekabr kuni Istambulda vafot etgan. U Istambuldagi Ayyuba masjidi huzuridagi qabristonga dafn qilingan. Masjidning kirish qismida marmar toshga “Ali Qushchi - ilm insoni” yozuvi o‘yib yozilgan.


Lotin alifbosida maqola: Alouddin Ali ibn Muhammad al-Qushchi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Mirzo Ulug‘bek
Umar Shayx Mirzo Bahodir
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты