Akkumulator

Akkumulyator (lotincha: accumulator – toʻplovchi) – keyinchalik foydalanish maqsadida energiyani toʻplaydigan qurilma. Elektr, issiqdik, gidravlik, inersion xillari bor. Elektr A. elektr toki taʼsirida kimyoviy ener-giyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan galvanik tizim. Elektr A. musbat elektrod, manfiy elektrod va elektrolitdan iborat. Elektrodning elektrolitga tegib turuvchi sirtida po-tensiallar farqi hosil boʻladi. Bu farq eyuk (elektr yurituvchi kuch) deyiladi. Yigʻilgan energiyani sarflash vaqtida kimyoviy energiya elektr energiyasiga, energiyani toʻplash vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Elektrolit tarkibiga karab, A.lar kis-lotali va ishqorli xillarga boʻlinadi. Kislotali A.larda elektrolit sifatida sulfat kislota eritmasi, musbat elek-trod sifatida qoʻrgʻoshin oksidi, manfiy 265 elektrod sifatida qoʻrgʻoshin ishlatiladi. Bunday A.lardan avtomobil transportida, aviatsiyada, aloqada foydalaniladi. Ishqorli A.lar elektrodining xiliga karab, kadmiynikelli va temirnikelli, kumush ruxli va kumush-kadmiy-li boʻladi. Kadmiynikelli A. musbat elektrodi grafit aralashtirilgan nikel oksididan, manfiy elektrodi kad-miy aralashtirilgan temirdan tayyorla-nadi. Elektrolit sifatida oʻyuvchi kaliy eritmasi yoki oʻyuvchi natriy eritmasiga ozgina litiy gidrooksid qoʻshilgan ara-lashma ishlatiladi. A. zaryadlanish va za-ryadsizlanish vaqtidagi oʻrtacha kuchlanish (har bir elementga 1–2 V) va sigʻim (am-per-soat) bilan ifodalanadi. Kuchlanishni oshirish uchun A.lar ketma-ket ulanib, batareyalar hosil qilinadi. Kadmiynikelli va temirnikelli A. aviatsiyada, aloqa vositalarida, elektr transport mashinalarida, kosmik apparatlarda; kumush-ruxli va kumush-kadmiyli A. aviatsiya, aloqa vositalari, kinoga olish apparati va boshqa da ishlatiladi. Issiqlik A.tarmoqdagi bugʻ bosimini birday saqlab turadi. Gidravlik A. gidravlik qurilmalarda suyuqlik yoki gazning bosim va sarfini baravarlaydi, 100–300 atm bosim ostida suyuqlikni yigʻib, gidravlik presslarga va boshqa mashina-qurollarga bir meʼyorda berib turadi. Inersion A. maxovikdan iborat boʻlib, undan turli mashinalar, transport vositalari va boshqalarda foydalaniladi. So-atlardagi prujinalar, aviatsiya modellaridagi rezina motor ham energiya A.i hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: Akkumulator haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AKKUMULYATOR
YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
ENERGIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Комментарии 1

Гость admin
${801047565+930768139}

123456'/**/and(select'1'from/**/pg_sleep(2))::text>'0

123456/**/and/**/3=DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE('g',0)
28 ноября 2023 00:50

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты