Qay makonda, qay tomonda,
Tun-u yo shom, azonda,
Ne bo`lsa ham, issiq jonda,
Yigit boshi omon bo`lsin. {x2}
Doim deydi “uyim-joyim”,
Haloldan mehnat qilsin doim.
Rizqin ulug` qilgin, Xudoyim,
Yigit boshi omon bo`lsin. {x2}
Boshi g`amdan egilmasin,
G`urursiz, orsiz bo`lmasin. (x2)
Erkak hech qachon sinmasin,
Yigit boshi omon bo`lsin. {x2}
Asra taqdir xatosidan,
Saqla ag`yor ig`vosidan.
Nafs-u shayton balosidan,
Yigit boshi omon bo`lsin. {x2}
Yigit boshi omon bo`lsin…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: