Nargiz - Yor-yor

Bugun qo`shni qishloqqa
Kelin tushdi, yor-yor.
Eshitmasam qaniydi,
Hushim uchdi, yor-yor. (x2)

Hushi uchdi demanglar,
Qilaman or, yor-yor.
Atayin ham shu to`yga
Boraman oh, yor-yor.

Yor-yoray, yor-yoray,
Sizni o`zgaga bergan
Mardingizman, yor-yor. (x2)

Kuyov yigit, mana biz
Kulib keldik, yor-yor.
Bizda qolgan ko`nglingizni
Olib keldik, yor-yor.

Muhabbatin yuta olgan
Bir dengizman, yor-yor.
Sizni o`zga qo`lga bergan
Mardingizman, yor-yor.

Yor-yoray, yor-yoray,
Sizni o`zgaga bergan
Mardingizman, yor-yor. (x2)

Mayli, bag`rim sizsiz yonib,
Tamom bo`lsin, yor-yor,
Sizni olgan o`zga qo`llar
Omon bo`lsin, yor-yor.

To`yingizda tilaydirman
Toledan taxt, yor-yor.
Bor bo`lsangiz bu dunyoda
Shu bizga baxt, yor-yor.

Mardlik bilan yor-yor aytib
Turgan o`zim, yor-yor.
To`yingizdan omon ketay,
Tilang to`zim, yor-yor.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Alisher Zokirov - Mayli
Ulug'bek Rahmatullaev - Ota-onam xoji qilaman
Shohjahon Jo'raev - Bitta bo’lsin
Og'abek Sobirov - Onam sizga yoqmasa
Yahyobek Mo'minov - Begoyimlar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты