Yahyobek Mo'minov - Begoyimlar

“Qiz bor uyning fayzi bo`lak”, deydilar,
“Jannat yo`li – qiz bor yo`lak”, deydilar.
“O`ngirimda o`glim yo`q”, deb o`ksimang,
“Tog` bo`lmasa, qir ham tirgak”, deydilar.

Elning baxti botirlarga yor bo`lsin,
Dildoralar, Durdonalar bor bo`lsin.

Shul oy qizlar bor bo`lsin,
Begoyimlar bor bo`lsin. (x2)

Qiz yo`q yurtga ko`klamlar sep to`sharmu?
Kelini yo`q to`ylar to`yga o`xsharmu?
Qiz borki, o`lka omon, qo`rg`on bu,
Qiz kutmasa, yigit olov kecharmu?

Jonlar ilhaq, ilinjlar tumor bo`lsin,
Mavludalar, Ma’sudalar bor bo`lsin.

Shul oy qizlar bor bo`lsin,
Begoyimlar bor bo`lsin. (x2)

Ey Muhammad, olti og`a-ining bor,
Birda yaxshi, birda yomon kuning bor.
Bir kun boshing botar bo`lsa bolishga,
Qizlaringdan yaqin yana kiming bor? (x2)

Sovchilari eshigida zor bo`lsin,
Nozimalar, Madinalar bor bo`lsin.
Shahnozalar bor bo`lsin, Dilnozalar bor bo`lsin,
Fotimalar bor bo`lsin, Zuhroxonlar bor bo`lsin.

Shul oy qizlar bor bo`lsin,
Begoyimlar bor bo`lsin. (x3)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Nargiz - Yor-yor
Shohruhxon - Yana man
O'lmas Olloberganov - Yomon bo’ldim
Zulayho Boyxonova - Bo’lmasa bo’lmas
Yodgor Mirzajonov - Yigit


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты