Islomjon Ergashev - Sevardim

Sog`inchim netayin, bag`rim ezadi,
Xayolim baxtimni izlab kezadi.
G`amlarim ko`zimga yoshlar tizadi,
Seni dunyolarga sig`may sevardim,
Ming dardga mubtalo bo`lib sevardim.

Sevardim, sevardim, yomon sevardim,
Bu jonim, tanamga sig`may sevardim.
Bevafo go`zalim, gulim, alvido,
Balolarga boshim egib sevardim,
Seni dunyolarga sig`may sevardim.

Ko`ksimdagi g`amlarimni erkalab-erkalab,
Tog`day og`ir dardlarimni yelkalab-yelkalab,
Bir jonimni mingta savdo siltalab-siltalab,
Balolarga boshimni egib sevardim,
Seni dunyolarga sig`may sevardim.

Sevardim, sevardim, yomon sevardim,
Bu jonim, tanamga sig`may sevardim.
Bevafo go`zalim, gulim, alvido,
Balolarga boshim egib sevardim,
Seni dunyolarga sig`may sevardim.

Qalblarda ishq o`ti qolsaydi so`lib
Ayro yo`lda ko`zlar yoshlarga to`lib,
Menga emas, o`zganing baxti bo`lib
Ketding, o`zga har ne bo`lsa chidardim,
Seni dunyolarga sig`may sevardim.

Sog`inchim netayin, bag`rim ezadi,
Xayolim baxtimni izlab kezadi.
G`amlarim ko`zimga yoshlar tizadi,
Seni dunyolarga sig`may sevardim,
Ming dardga mubtalo bo`lib sevardim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahzod (@Shahzod_11)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Sardor Mamadaliyev - Sen ketding
Jambul Muhammedov - Alvido
Botir Qodirov - Yurak
Zohirshoh Jo'raev - Borsan
Botir Qodirov - Ishq


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты