Vohidjon Isoqov - Ota

Ota qoni bo`lar yigit qonida,
Ota bo`lsin doim yigit yonida.
Gulzorida bulbul sayrar, bog`ida,
Otang hayot bo`lsa, baxtim bor degin. {x2}

Otang bo`lsa, ko`kka yetar bo`ylaring,
Duo qilsa, yaxshi otar to`ylaring.
Baxt, shodlikka to`lib ketar uylaring,
Otang hayot bo`lsa, baxtim bor degin. {x2}

Mehr berar doim o`g`il-qizingga,
Otalar mard, rost gapirar yuzingga. (x2)
Yomonni hech yondoshtirmas izingga,
Otang hayot bo`lsa, baxtim bor degin. {x2}

Ota rozi – Xudo rozi deganidir,
Otasi yo`q kimlardir g`am yegandir.
Umr bersin qodir Xudo Egamdir,
Otang hayot bo`lsa, baxtim bor degin. {x2}

Ota qoni bo`lar yigit qonida,
Ota bo`lsin doim yigit yonida.
Gulzorida bulbul sayrar, bog`ida,
Otang hayot bo`lsa, baxtim bor degin. {x2}

Otang hayot bo`lsa, baxtim bor degin. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Abdurashid Yo'ldoshev, Doston Ubaydullaev, G'ayrat Usmonov, Jasurbek Mavlonov, Samandar Hamroqulov, Sardor Mamadaliyev, Sherbek Shodiyev - Singillarim
Shohjahon Jo'raev - Bitta bo’lsin
Alisher Fayz - Voy-voy
Shaxriyor - Ota duosi
Xurshid Rasulov - Ayol qilsa xiyonat


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты