Xurshid Rasulov - Ayol qilsa xiyonat

Yurgan yo`li malomat,
Kelganda ham qiyomat,
Farishtalar ham qochar
Ayol qilsa xiyonat. (x2)

Oy yuziga dog` tushar,
Ko`ngliga siyoh tushar,
Yuvilmas gunoh tushar
Ayol qilsa xiyonat. (x2)

Erkak egib yurar bosh,
Yeganlari bo`lmas osh,
Sevgan yori qalamqosh,
Ayol qilsa xiyonat. (x2)

Qaro bo`lar kun yuzi,
Kuyib ketar yulduzi,
Baxtsiz bo`ladi qizi
Ayol qilsa xiyonat. (x2)

Aytib turar nigohi,
Shayton bo`lar hamrohi,
Ollohga yetmas ohi
Ayol qilsa xiyonat. (x2)

Yurgan yo`li malomat,
Kelganda ham qiyomat,
Farishtalar ham qochar
Ayol qilsa xiyonat. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Zulayho Boyxonova - Bo’lmasa bo’lmas
Sharof Muqimov - Ayolni urma
Bahrom Nazarov - Yuraksiz
Sardor Mamadaliyev - Malaksan
O'ktam Kamolov - Ayol qirolichadir


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты