Sardor Mamadaliyev - Malaksan

Malaksan, yo bashar, yo hurg`ulmonsan, bilib bo`lmas,
Bu lutfu, bu nazokat birla sendan ayrilib bo`lmas.
Tikonsiz gul, sadafsiz dur, mashshaqatsiz hunar bo`lmas,
Riyozat chekmaguncha-ey yor vasliga yetib bo`lmas.

Malaksan, yo bashar, yo hurg`ulmonsan, bilib bo`lmas,
Bu lutfu, bu nazokat birla sendan ayrilib bo`lmas.

Ajab berahm dilbarsan, ajab sho`xi sitamgarsan,
Charog`i husni ro`yingdan-ey ko`ngilni ham uzib bo`lmas.
Yuzini oftobini ko`rib, hayron bo`lib qoldim,
Falakka qo`l uzatib, to`lin oyni olib bo`lmas.

Malaksan, yo bashar, yo hurg`ulmonsan bilib bo`lmas
Bu lutfu, bu nazokat birla sendan ayrilib bo`lmas.

Yuzing misli qizil guldur, ko`ngil uchun bulbuli shaydo,
Bu gulning ishqida bulbul, chamandan ayrilib bo`lmas.
Kel ey Mashrab, agar oshiq bo`libsan, bo`lmag`il g`ofil,
Bu g`aflat uyqusidan-ey, ey yoronlar, uyg`onib bo`lmas.

Malaksan, yo bashar, yo hurg`ulmonsan bilib bo`lmas
Bu lutfu, bu nazokat birla sendan ayrilib bo`lmas. (x2)

Malaksan, malaksan, malaksan…

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Shod guruhi - Dilim
Sardor Mamadaliyev - Tishing dur
Nargiz - Yor-yor
Anvar Sobirov - Bulbul
Yusufxon Nurmatov - Tong otmagay


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты