Xurshid Rasulov - Do’st

Ruhimga shom cho`kib, barg uzilganda, {x2}
Turnalar munchoqdek saf tizilganda,
Bir dardkash topolmay, dil ezilganda
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st.

Gulzor ko`p-u, lekin gul topilmaydi,
Dildor ko`p-u, ammo dil topilmaydi.
Do`sti yo`q yetimga yo`l topilmaydi,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st.

Yolg`izlik yo`llari o`tilgan azal, {x2}
Yurak qoni bilan bitilgan g`azal.
Goho tug`ishgandan tutingan afzal, {x2}
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st. {x2}

Do`st deb tutganlarim ulfat bo`ldilar,
Rizqimga chang solgan kalhat bo`ldilar.
Boshimda aylanib, kulfat bo`ldilar,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st.

Foyda dastgohida loy bo`laman der,
Oyog`i qaltirab, boy bo`laman der.
Boy bo`lsa, endi xudoy bo`laman der,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st. {x2}

Kek saqlash yomon ham alomat dedim,
Mayli, o`tgan ishga salovat dedim,
Jo`ra, borgin endi salomat dedim,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st.

Quyosh bor oylardan kulib o`taman,
Yov otgan yoylardan kulib o`taman,
Ichimda do`stsizdan kulib o`taman,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st. {x2}

Biz ko`kka yetaylik, osmon tushmasin,
Yomg`irga aylanib shayton tushmasin,
Do`stim, o`rtamizga yolg`on tushmasin,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st. {x2}

Ko`zim yetgan joyga so`zim yetadi,
Zo`r hofiz bo`laman, ko`zim yetadi,
Men yetmagan baxtga do`stim yetadi,
Men seni Xudodan tilab oldim, do`st,
Gohida pinhona yig`lab oldim, do`st. {x3}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Alisher Fayz - Janon
Botir Qodirov - Yurak
Mango guruhi - Malak
Hamdam Sobirov - Ichimda gaplar qolib ketdi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты