Alisher Fayz - Janon

Janon bo`laman deb…

Jonim, jonimni tilma,
Janon bo`laman deb.
Xonumonimni shilma,
Hamyon bo`laman deb. (x2)

Ko`p ham suzilma deyman,
Yerdan uzilma deyman.
Yo`lingga boq, yiqilma,
Osmon bo`laman deb. (x2)

Yo`lingga boq, yiqilma,
Osmon bo`laman deb.
Jonim, jonimni tilma,
Janon bo`laman deb. {x2}

Bog`larni aylanasan,
Tog`larga shaylanasan.
Ehtiyot bo`l, qoqilma,
Jayron bo`laman deb.

Tovus kabi tovlanib,
Ming turda jilolanib,
Olamga e’lon qilma,
Doston bo`laman deb.

Olamga e’lon qilma,
Doston bo`laman deb.
Jonim, jonimni tilma,
Janon bo`laman deb. {x2}

O`zganing nigohidan,
Ko`zlari qarog`idan,
Bezor bo`ldim nuqul man,
Qalqon bo`laman deb.

Bezor bo`ldim nuqul man, {x3}
Qalqon bo`laman deb.

Husnin qilgan ifoda,
Sendaylar shoda-shoda.
Ip uzilib, to`kilma,
Marjon bo`laman deb.

Ip uzilib, to`kilma,
Marjon bo`laman deb.

Jonim, jonimni tilma,
Janon bo`laman deb.
Xonumonimni shilma,
Hamyon bo`laman deb. (x2)

Ko`p ham suzilma deyman,
Yerdan uzilma deyman.
Yo`lingga boq, yiqilma,
Osmon bo`laman deb.

Yo`lingga boq, yiqilma,
Osmon bo`laman deb.

Jonim, jonimni tilma,
Janon bo`laman deb.
Xonumonimni shilma,
Janon bo`laman deb.

Osmon bo`laman deb,
Marjon bo`laman deb.
Janon bo`laman deb…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Jasur Mirsagatov - Go’zalim bahor
Ozoda Nursaidova - Bemor qiz nolasi
O'lmas Olloberganov - Yomon bo’ldim
Oqshom guruhi - Ey sinfdosh
Ozoda Nursaidova - Alam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты