Jasur Mirsagatov - Go’zalim bahor

Gulkosada suv suzdim,
Gullardan marjon tuzdim,
Lolazorlar bag`rida
Hur jayron bo`lib kezdim.
Go`zalim bahor.

Bahor bog`lar – oq kema,
Bahorni fasl dema.
U ko`nglimning sultoni,
Oshiqman deb g`am yema.
Go`zalim bahor.

Maysalar dil barg bo`ldi,
Uyg`ondi yurak.
Yomg`irlarga g`arq bo`ldi,
Uyg`ondi tilak.

Kuyma bulbul qush kuyma,
Kuyla bulbul qush kuyla.
Sen ham, men ham chin oshiq,
Zoringni torga so`yla.

Gulkosada suv suzdim,
Gullardan marjon tuzdim,
Lolazorlar bag`rida
Hur jayron bo`lib kezdim.
Go`zalim bahor.

Chechaklar quchog`ida,
Gulladi toshlar.
Gul isli saharlar,
Shodlikka boshlar.

Ko`klam, seni moh deyman,
To`rt faslga shoh deyman,
Oshiq jonimda
Tortib rosa oh deyman.

Gulkosada suv suzdim,
Gullardan marjon tuzdim,
Lolazorlar bag`rida
Hur jayron bo`lib kezdim.

Kuyla bulbuljon,
Bulbuljon kuyla.
Jon bahor, go`zal bahor,
Jon bahor.
Jonimga otash tushdi,
Ko`zimga quyosh tushdi.

Gulkosada suv suzdim,
Gullardan marjon tuzdim,
Lolazorlar bag`rida
Hur jayron bo`lib kezdim.
Go`zalim bahor.

Bahor bog`lar – oq kema,
Bahorni fasl dema.
U ko`nglimning sultoni,
Oshiqman deb g`am yema.
Go`zalim bahor.

Gulkosada suv suzdim,
Gullardan marjon tuzdim,
Lolazorlar bag`rida
Hur jayron bo`lib kezdim.
Go`zalim bahor.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Ilhom Ibrohimov - Seni ko’rmoq qiyin
Alisher Fayz - Janon
Botir Qodirov - Yurak


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты