Shohjahon Jo'raev - Gulim

Gulim, ne qilayin ayro tushdi yo`lim?
Hali imkon bor derdim-a,
Seni oson boy berdim-a.
Men notavon oshig`ingni kechirgin-a, gulim…

Beg`uborim, yana bir duch kelsam yo`lingga,
To`yib-to`yib termulardim qaro ko`zingga.
Xatoimni takrorlamay, qarab yuzingga,
Sevgim izhor etardim-a, tutmay pinhona.

Sevgim dilda saqlamasam bo`larmidi?
Balki shunda taqdir menga kularmidi?
Senga ham, menga ham yaxshi bo`larmidi,
Ko`nglimdagin aytganimda tutmay pinhona.

Gulim, gulim, gulim, gulim, gulim,
Ne qilay, endi ayro tushdi yo`lim, yo`lim.
Hali imkon bor derdim-a, seni oson boy berdim-a,
Men notavon oshig`ingni kechirgin-a, gulim.

Yonginangda hayajonga to`lib ketardim,
Qayda bo`lma, ortgingdan borib yetardim.
Rad etsang ham, hammasiga ko`nib ketardim,
Sevgim izhor etganimda tutmay pinhona.

Endi foyda yo`q, hammasi bekor, behuda,
Eh, hech qachon ushalmas shirin orzu-da.
Qolmasmidim balki hozirgidek qayg`uda,
Ko`nglimdagin aytganimda tutmay pinhona.

Gulim, gulim, gulim, gulim, gulim,
Ne qilay, endi ayro tushdi yo`lim, yo`lim.
Hali imkon bor derdim-a, seni oson boy berdim-a,
Men notavon oshig`ingni kechirgin-a, gulim. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ziyoda - Mayda-mayda
Shohruhxon - Yana man
Komiljon Otaniyozov - Yor qaro ko’zlaring (Na tilar mandan)
Muzaffar Mirzarahimov, Nilufar - Yuragim jim
Xurshid Rasulov - Do’st


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты