Yulduz Turdieva - Topa olmaymiz

Qadriga yeting bo`lsa akangiz,
Qo`lini tuting bo`lsa ukangiz.
Bir kuni qurisa mador tinkangiz,
Begonalar tomon chopa olmaymiz,
Ulardan boshqani topa olmaymiz.

Boshingizga tuting mushfiq singlingiz,
Ko`tarar shu qizcha bir kun ko`nglingiz.
G`amli kun kelganda shuni bilingiz,
Tashvishlar eshigin yopa olmaymiz,
Ulardan boshqani topa olmaymiz.

Agar yoningizda bo`lsa opangiz,
Poyini emaklab suyib, o`pingiz.
Musibat chog`ida har yon chopingiz,
Bozordan boshqa bir opa olmaymiz,
Ulardan boshqani topa olmaymiz.

Yaxshi kunda qadrin biling yoringiz,
Dard kelganda bo`lar ham bemoringiz.
Tarqalib ketganda yo`gu-borimiz,
Ko`z yoshni birovga sepa olmaymiz,
Shu yordan boshqani topa olmaymiz.

Tarqalib ketganda yo`gu-borimiz-ey,
Ko`z yoshni birovga sepa olmaymiz,
Shu yordan boshqani topa olmaymiz.

Bugun sho`x yugurgan jajji bolangiz
Artadi bir kuni ko`zda jolangiz.
Suykalib kelsa gar, boshin silangiz,
Birovning bolasin o`pa olmaymiz,
Ulardan boshqani topa olmaymiz.

Oh, qattiq avaylang bo`lsa onangiz,
Duosini oling bo`lsa otangiz.
Tuzating shu bugun aybu-xatoyingiz,
Keyin kech bo`ladi xafa bo`lmaymiz,
Ulardan boshqani topa olmaymiz.

Tuzating shu bugun aybu-xatoyingiz,
Keyin kech bo`ladi xafa bo`lmaymiz,
Ulardan boshqani topa olmaymiz.

Ulardan boshqani topa olmaymiz…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Qobiljon Yusupov - Oshiqlarning to’smang yo’llarin
Abdurauf Olimov - Chaman ichinda bir gul
Shahzoda - Jajji qizaloq
Yulduz Usmonova - Yonma-yon
Shahzoda - Chicco


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты