Zohirshoh Jo'raev - Falak

Kelganda omad qushim,
Dunyoni tor qilma, falak.
Egilmasin manim boshim,
Qayg`uga yor etma, falak. (x2)

To`kmagin ko`zda yoshim,
Yo`llarim qor etma, falak.
Do`stlarga zor qilma, falak,
Dushmanga xor etma, falak.

Do`stlarga zor qilma, falak,
Dushmanga xor etma, falak.

Taqdir derlar, bilib bo`lmas,
Yaxshi kun bor, yomon kun bor.
Ertasini hech kim bilmas,
Dard chekmagan ayting kim bor?

Karvonda ot yolg`iz bo`lmas,
Oqsimasin yo`lda tulpor.
Do`stlarga zor qilma, falak,
Dushmanga xor etma, falak.

Bir kun gullab, bir kun xasta,
So`limog`ingni hech unutma.
Bir kun baland, bir kun pastda
Bo`lmog`ingni hech unutma.

Davring ketsa, tildan asta
Qolmog`ingni hech unutma.
Do`stlarga zor qilma, falak,
Dushmanga xor etma, falak.

Do`stlarga zor qilma, falak,
Dushmanga xor etma, falak.

Sotqinlar jabridankim
Yondi bag`ir, kuydi yurak.
Nahot arzon bo`ldi qadrim,
Nahot yig`lar dil jonsarak?

Firibgarga ishonmagin,
Otasin ham aldab ketar.
So`zlariga quvonmagin,
Dasturxoning bosib o`tar.

Do`stlarga zor qilma, falak,
Dushmanga xor etma falak. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Feruza Normatova, Shohjahon Jo'raev - Yog‘ar qor
Murod Manzur - Falak yig’lar
Mirjon Ashrapov - Arzon sevgi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты