UZmir - Sani unutdim-a

Mana bugun yana sani o`yladim,
Mana bugun yana sani esladim.
Yo`q yoki yana yuzimda qayg`u,
Birdaniga begona bo`ldi tuyg`u.

Endi vaqtlar o`tar tezlashib,
Yuragim unutar sekinlashib.
Yomg`ir tinar asta-astalab,
Ayt, qilganmidim yoki baxt talab?

Yuragimda qolding o`chmas iz bo`lib,
Yashayabsan kim bilan baxtga to`lib?
Hayotimning mazmuni o`zing eding,
Sevaman deb, oxiri alvido, deding.

Qanchalar kutardim, ortiga qaytar deb,
Lekin unutdim, bo`ldi, bari yetar deb.
Ayt, nimalarni so`rar eding Xudodan?
Bu qo`llaring tushmas edi duodan.

Boshida sog`indim-a, qancha vaqt kutdim-a,
Lekin unutdim-a, sani unutdim-a. (x2)

Mana tugadi baribir, so`zlarim ketgandi bekor,
Axir, nima uchun o`rtamizga tushadi devor?
Bugun xiyonat oddiy holatga aylanib qolgan,
Holingni so`raganda – bugun boshqa o`ragan.

Ha, manga baribir, lekin yetar, bas, qara,
Hammaning yonida bo`libman shunchaki masxara.
Jamiyat buziladi yana kimning dastidan,
“Ot” deb atashadi yana bularning bastidan.

Kayf-u safodan ko`rmadim yana bir foydani,
Xayollaring yuradi osmondagi oydami.
Kimlarga ko`ngil qo`yasan, kuyishga arzimas,
Bora-bora bo`ladi, ko`ngil qo`yish ham yaxshimas.

Hamma narsani o`z holicha o`lchadi qariching,
San haqingda eshitganlarim bo`lyapti bari chin.
Mayli bor, o`shalar bilan endi yuraver,
Ustingdan kulishadi, jimgina turaver.

Charchadim san haqingda o`ylashdan, bo`ldi,
Sandan bo`ldi, ko`pchilikni nazari to`ydi.
To`ydim, sabrkosam bugun sindi,
Yuragimga yog`ayotgan yomg`ir tindi.

Kimlarga siylamadi sani iltifotlaring,
Hammasi pul uchunmidi, yuragingni sotlaring?
Uzayib ketadi masofa, yo`qolar ishonch,
Bora-bora ko`rinasan kimlarga bo`lib nishon.

Bo`ldi erkalama, jim, yuragim tosh endi,
San bilgan osmoningda botar quyish endi.
Ko`r emas bugunga kelib mani ko`zlarim,
Endi tushingga kiradi shivirlab ovozlarim.

Kerak emas nozlari, yoqimsiz ovozlari,
Dil izhorlari yozilgan qandaydir qog`ozlari.
Yo`q endi, bo`ldi, tuyg`ularimga yakun yasadim,
Hayotimga qiziqma, o`zim bilib yashayin.

Boshida sog`indim-a, qancha vaqt kutdim-a,
Lekin unutdim-a, sani unutdim-a. (x2)

Yor, ayblaganding meni,
Yor, ayblaganding meni.

Orzular, netay, armon bo`ldi,
Sevganim kimlarga yor bo`ldi?
Qayg`ular menga hamroh bo`ldi,
Shunchaki orzular yo`q bo`ldi.

Men darbadar kezdim, yolg`onlardan bezdim,
Xiyonating sezib, ketdim sendan kechib.
Ketding kimlar bag`riga, qo`l siltading bariga,
Afsuslar endi foydasiz, xato qilding qoidasiz.

Boshida sog`indim-a, qancha vaqt kutdim-a,
Lekin unutdim-a, sani unutdim-a. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi, Shaxri - Zing-zing
Abdurashid Yo'ldoshev - Sog’indim (2018)
Sevara - Shunchaki
Sanjar Usmonov - Yana yomg’ir
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты