Mahmud Namozov - Opa-singil

Shunday gap bor: “qizning yo`li qildan nozik”,
Iqboling ham peshonangdek bo`lsin ochiq.
Nogoh senga yog`dirganda taqdir toshin,
Qalqon bo`lib qaytarayin, opa-singlim. (x2)

Birga bo`lgan o`sha baxtli bolaliklar,
Bizni bo`lib turar endi oraliqlar.
Meni ko`rsang munchoq-munchoq ko`zda yoshing,
Onam kabi mehribonsan, opa-singlim.

Aylanayin, opa-singlim,
O`rgilayin, opa-singlim.
Yuzlaringda g`am ko`rmayin,
Aylanayin, opa-singlim.

Ko`zim tushdi suyukdan ham suyuklarga,
O`xshaydirsan eng beozor kiyiklarga.
Topa olmay qolganingda dardkashingni,
Dardlaringga em bo`layin, opa-singlim. (x2)

Birga bo`lgan o`sha baxtli bolaliklar,
Bizni bo`lib turar endi oraliqlar.
Meni ko`rsang munchoq-munchoq ko`zda yoshing,
Onam kabi mehribonsan, opa-singlim.

Aylanayin, opa-singlim,
O`rgilayin, opa-singlim.
Yuzlaringda g`am ko`rmayin,
Aylanayin, opa-singlim. (x1+x1)

Aylanayin, opa-singlim,
O`rgilayin, opa-singlim.
Yuzlaringda g`am ko`rmayin
Umr bo`yi, opa-singlim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Alisher Zokirov - Onam (2019)
Shohjahon Jo'raev - Bitta bo’lsin
Gulsanam Mamazoitova - Intizor Onam
Yahyobek Mo'minov - Begoyimlar
Feruza Normatova, Shohjahon Jo'raev - Yog‘ar qor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты