Jonimni berdim joningga,
Aytgin, tegdimmu joningga?
Achinmading hech sen mening holimga. (x2)
Bilmading, jonim, bu holimni,
Sanga bemor yuragim, sezmading zorimni.
Go`zalim, bu yuragim yarmi,
Sen bilan ketgandi jonim, yuragim yarmi.
Qolib ketarman yuraksiz bir bemordek,
Ko`rinmas bir havodek, aqldan ozgan telbadek.
Olib ketarman o`zim bilan yuragim,
Senga bo`lmadimi jonim, keragim?
Nega o`yin qilding jonim, yuragim?
Jonimni berdim joningga,
Aytgin, tegdimmu joningga?
Achinmading hech sen mening holimga. (x2)
Oramizda yana tuyg`ularga joy qomadimi, qani gapir,
Foydasi yo`q deb kim aytdi, qani ayt manga, o`zi bu kimning gapi?
O`sha tanlagan yo`lingda ketaverding, qaramasdan manga bir bora,
Sovigan dil, haliyam sevgim dilda bor-a.
Yana o`sha g`ururimdan boshqasi manga dalda bo`lmadi,
Yuragim sansiz bemor, xuddi jonsiz yotadi komada.
Yetardi manga sandagi sevgi, lekin yuragim charchadi, yor,
Hammasidan kechib ketgan eding, afsuski tuyg`ular tugadi, yor.
Afsusdan foyda yo`q, intilma, bo`ldi chekin,
Oradan vaqt o`tib, qadring bo`lib ketdi tekin.
Unutilib bo`lgansan, lekin judayam sekin,
Endi mani qalbimgamas, o`zga qalbiga berkin.
Afsuski, tuyg`ulardan bir umrga kechaman,
Ha, rostdan sevgan edim sani, jonim, kechaman!
A bugun yuragimda qolmadi o`sha tuyg`u,
Tunlari bedorman, kelmaydi ko`zga uyqu.
Endi butunlay, umuman o`ylamayman seni,
Mayli butunlay, umuman o`ylamagin meni.
Qalbimda azoblar bilan,
Qolib ketdim sen bergan azoblar bilan.
Jonimni berdim joningga,
Aytgin, tegdimmu joningga?
Achinmading hech sen mening holimga. (x2)
Achinmading… Achinmading holimga…
Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: