Dineyra - Bilmading

Tinmay yuragim dard ezar,
Tinmay xayolim alam kezar,
Seni deb, faqat seni deb.
Ketding, sevishim anglamay,
Sensiz yo`qligim o`ylamay,
Sen eding, sevgim sen eding.

Bilmading,
Sen deb yondim, sezmading,
Men sevdim, sen sevmading,
Tanlaganim sen eding.

Bilmading,
Qayg`ularga yuzlading,
Qiynalganim sezmading,
Baxt o`zgadan izlading.

Ishonch azobi buncha yomon,
Bezovta yurak yig`lar hamon,
Bilmaysan, balki o`ylamaysan.
Ishonib o`zingni unutsang,
Ko`zlarida sevgini ko`rmasang,
O`shanda meni tushunarsan!

Bilmading,
Sen deb yondim, sezmading,
Men sevdim, sen sevmading,
Tanlaganim sen eding.

Bilmading,
Qayg`ularga yuzlading,
Qiynalganim sezmading,
Baxt o`zgadan izlading.

Bilmading…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ozoda Nursaidova - Alam
Sardor Mamadaliyev - Sen ketding
Shohrux (Ummon) - Men deya
Alisher Zokirov - Hamon-hamon
Yulduz Usmonova - Qadr yig’laydi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты