Dunyoingda boryabman sog`inchga to`lib,
Sensizlikka ko`nib, benajot ko`nib.
Sensiz bu dunyoimda, sen bo`lsa biroq,
Masalan kechasan, masalan chiroq.
Masalan yurakni yirtguvchi og`riq,
Yolg`on kunduzlardan qolgan chin yorug`.
Masalan boshimda gir aylangan charx,
Uzun kuz qalbimda uchgan xazon-barg.
Qarasam tuproqsan, qarasam osmon,
Hamisha yiroqsan, hamisha armon.
Qarasam olovsan, qarasam olovdor,
Bu dam dardsan.
Dunyoingda boryabman sog`inchga to`lib,
Masalan tirilib, masalan so`lib.
Sog`inch taslim etgan, sog`inch zabt etgan,
Umr borsa qaytmas yo`llariga ketgan.
Dunyoingda boryabman sog`inchga to`lib,
Sensizlikka ko`nib, benajot ko`nib.
Sensiz bu dunyoimda, sen bo`lsa biroq,
Masalan kechasi, masalan chiroq.
Qarasam tuproqsan, qarasam osmon,
Hamisha yiroqsan, hamisha armon.
Dunyoingda boryabman sog`inchga to`lib,
Sensizlikka ko`nib, benajot ko`nib.
Sensiz bu dunyoimda, sen bo`lsa biroq,
Masalan kechasan, masalan chiroq.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: