Men kutgan kuz fasli keldi,
Xazonlarni to`zitadi
Yomg`ir bilan kuz shamoli.
Men so`nggi bor seni ko`rgan
Kunlarimni eslatadi
Sog`inch bilan kuz shamoli.
Seni uchratgan o`sha kuz,
Sendan ajratgan o`sha kuz,
Kelsa yoningda sezaman o`zimni,
Jonginam.
Sen ketding, o`shal kundan
Kuzga aylangan hayotim.
Sening sevgingdan faqat kuz qoldi,
Jonginam.
Men uchun aziz bo`lgan kuzim
Kelsa, seni ko`rganday bo`laman
Ko`z o`ngimda.
Dilda yagona zorim bor,
Zoriqib kutgan kuzim tez o`tmasa,
Hech ketmasa.
Seni uchratgan o`sha kuz,
Sendan ajratgan o`sha kuz,
Kelsa yoningda sezaman o`zimni,
Jonginam.
Sen ketding, o`shal kundan
Kuzga aylangan hayotim.
Sening sevgingdan faqat kuz qoldi,
Jonginam. (x1+x1)
Seni uchratgan o`sha kuz,
Sendan ajratgan o`sha kuz,
Kelsa yoningda sezaman o`zimni,
Jonginam, jonginam, jonginam…
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: