Sindiku yuragim, bo`ldi gapirma, jim,
Ketarsan mardona, yo`q bo`ldi keragim.
Faqatgina bir bora vijdoningdan so`ragin,
Shunda ham bo`lmasa, o`zingga qaragin. (x2)
Bora-bora yuragim sensiz bo`lib qoldi,
Yona-yona yuragim, halovat yo`qoldi.
So`zlarim bor qancha-qancha,
Qiynaydi vaqt meni buncha?
Sog`inadi yuragim, sevaman deb aytgin. (x2)
Bilmading qadrimni, yuragim muzlagan,
Ko`nglim doim sendan faqat mehr izlagan.
Axir ayt, sen emasmi qo`llarimni so`ragan?
Bugun esa yuragim sevishdan charchagan. (x2)
Bora-bora yuragim sensiz bo`lib qoldi,
Yona-yona yuragim, halovat yo`qoldi.
So`zlarim bor qancha-qancha,
Qiynaydi vaqt meni buncha?
Sog`inadi yuragim, sevaman deb aytgin. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: