Umidaxon - Aybim nedur

Nechun bilging kelmas sevgim qadrini?
Sevgan yurak sezmas yorning dardini.
Ishonib, baxsh etsa unga qalbini,
Bilib, sinash shart ekanmi sabrini?

Aybim nedur, aybim nedur,
Balki senga ayroligim yaxshidur.
Aybim nedur, aybim nedur,
Yurakdagi sevgim umrim naqshidur.

Dilim armonlardan yana yiglaydi,
Unga hecham bitta quvonch sig`maydi.
Yurak tinmay seni yana so`raydi,
Sog`inchlarimga bardoshim yetmaydi.

Aybim nedur, aybim nedur,
Balki senga ayroligim yaxshidur.
Aybim nedur, aybim nedur,
Yurakdagi sevgim umrim naqshidur.

Yo`lingni poylab, ko`zim izladi,
Mehr istadi – javob bo`lmadi.
Omadim kuldi, baxtim kulmadi,
Umid so`nmadi, yurak ko`nmadi.

Aybim nedur, aybim nedur,
Balki senga ayroligim yaxshidur.
Aybim nedur, aybim nedur,
Yurakdagi sevgim umrim naqshidur. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Jasurbek Mavlonov - Yana sog’inch
Gulsanam Mamazoitova - Xabar kelmas
Zohirshoh Jo'raev - Seni sog’inib
Botir Qodirov - Yurak
Manzura - Sababi nedur


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты