Ozoda Nursaidova - Begim

Yolg`onlarga ishonib,
Bizdan kechib ketdingiz.
Sizdan jonni ayamas
Qizdan kechib ketdingiz. (x2)
Bizdan kechib ketdingiz.

Voy-voy begim, jon begim,
Ko`nglimga sulton begim.
Endi sizdan ayrilib,
Yuragim vayron, begim. (x2)

Jonga kuygay jonday do`st,
Jonga kuymas qanday do`st?
Endi yorug` olamdan
Topolmaysiz manday do`st. (x2)
Topolmaysiz manday do`st.

Voy-voy begim, jon begim,
Ko`nglimga sulton begim.
Endi sizdan ayrilib,
Yuragim vayron, begim. (x2)

Sinab-sinab sabrimni,
Sindirdingiz qalbimni.
Jon do`stingiz men edim,
Bilmadingiz qadrimni. (x2)
Bilmadingiz qadrimni.

Voy-voy begim, jon begim,
Ko`nglimga sulton begim.
Endi sizdan ayrilib,
Yuragim vayron, begim. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Alisher Fayz - Voy-voy
Adham Soliyev, Ozoda Nursaidova - Mehmonim
Sherbek Shodiyev - Sensiz
Jo'rabek - Qalbim butun emas
Anvar Sobirov - Dengiz


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты