Shaxriyor - Farishta ayol

Sadoqat bog`ida ungan chechaklar,
Yulduzlar yuzidan tomgan ertaklar,
Buloqlar ko`zida kulgan tilaklar,
Jannat farishtasi emasmi ayol?

Bog`larga bahorni yetaklab kelgan,
Farzandi qoshida oy bo`lib to`lgan,
Ilk aytgan qo`shig`i allalar bo`lgan,
Jonimiz rishtasi emasmi ayol?

Ho, o-o, o-o-o, ho-o-o-o, o-o-o,
Farishta ayol. (farishta ayol)
He, e-e, e-e-e, he-e-e-e, e-e-e,
Farishta ayol. (farishta ayol)

Laylining labidan tomgan vafoda,
Kumushning ko`zida suzgan hayoda,
Mohi Mohlaroyim chekkan jafoda
Muhabbat shevasi emasmi ayol?

Ko`nglin olmaganim, lo`ppi hilolim,
Ming bora kechirgan mening malolim,
Ona – nuridiydam, mehri zilolim,
Tangrining tuhfasi emasmi ayol?

Ho, o-o, o-o-o, ho-o-o-o, o-o-o,
Farishta ayol. (farishta ayol)
He, e-e, e-e-e, he-e-e-e, e-e-e,
Farishta ayol. (farishta ayol) (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Faxriddin Umarov - Onajon
Ozoda Nursaidova - Alam
Murod Manzur - Musofir yurtlarda yig’ladim ona (Musofir 2)
Musaxon Nurmatov - Tobut mingan otam
SanJay - Devona Majnun


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты