Anvar Sanayev - Eslab yur

Muhabbat qo`shig`in kuyga solayin, kuyga solayin,
O`tgan kunlarimni esga olayin, esga olayin.
Sening sevgan qo`shiqlaring bo`lib qolayin,
Qaylarda bo`lsang ham, qaylarda yursang ham,
Jonim, eslab yur meni.

Bu keng dunyo ko`zlaringga tor bo`lib qolsa,
Qaylarda bo`lsang ham, qaylarda yursang ham,
Jonim, eslab yur meni.

Bu kunlar ham o`tar, aylanib kelmas,
Ko`ngil azoblari bir bizda emas.
O`zim bilgan o`sha izga qaytolmay,
Qiynaldim, o`tmishim yodimga olmay.

Bu keng dunyo ko`zlaringga tor bo`lib qolsa,
Qaylarda bo`lsang ham, qaylarda yursang ham,
Jonim, eslab yur meni.

Dushmanlar qoralab, yomon bo`lsam ham,
Muhabbat gullari bevaqt so`lsa ham,
Ajal yetib kelib, bir kun o`lsam ham,
Sog`inib-sog`inib eslagin meni.

Bu keng dunyo ko`zlaringga tor bo`lib qolsa,
Qaylarda bo`lsang ham, qaylarda yursang ham,
Jonim, eslab yur meni. (x2)

Sening sevgan qo`shiqlaring bo`lib qolayin,
Qaylarda bo`lsang ham, qaylarda yursang ham,
Jonim, eslab yur meni.

Bu keng dunyo ko`zlaringga tor bo`lib qolsa,
Qaylarda bo`lsang ham, qaylarda yursang ham,
Jonim, eslab yur meni.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Gulsanam Mamazoitova - Xabar kelmas
Abdurashid Yo'ldoshev - Sog’indim (2018)
Nasiba Abdullaeva - Ado bo’ldim
Botir Qodirov - Sog’indim yomon
Shahzoda - Men o’sha


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты