Sevara Nazarkhan - Muhabbat emas

Meni yana asir etdi xayoling,
Garchi visolingni qilmayman havas.
Yotga nasib etdi oyday jamoling,
Muhabbat ham endi muhabbat emas.

Yig`layverib oxir yuragim tindi,
Shaytonning bo`ynida tilagim sindi.
Lekin bo`lolmaysan meniki endi,
Muhabbat ham endi muhabbat emas.

Muhabbat, muhabbat ham endi,
Muhabbat – muhabbat emas. (x2)

Muhabbat emas…

Gohi singlim deya, gohi sevgilim,
Armonim o`zingsan, qo`l yetmas gulim.
Seni unutolmay qiynalar dilim,
Muhabbat ham endi muhabbat emas.

Qiynasa, qiynasin mendagi ko`ngil,
Bilmasa, bilmasin sendagi ko`ngil.
Men taqdirga ko`ndim, sen ham jim ko`ngil,
Muhabbat ham endi muhabbat emas.

Muhabbat, muhabbat, muhabbat, muhabbat…

Meni yana asir etdi xayoling,
Garchi visolingni qilmayman havas.
Yotga nasib etdi oyday jamoling,
Muhabbat ham endi muhabbat emas.

Yig`layverib oxir yuragim tindi,
Shaytonning bo`ynida tilagim sindi.
Lekin bo`lolmaysan meniki endi,
Muhabbat ham endi muhabbat emas.

Muhabbat emas… muhabbat emas…
Muhabbat emas… muhabbat emas…
Muhabbat emas…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Shahzod Murodov - Yaxshi singlim
Safiya Saftarova - Sevgilim
Abdurashid Yo'ldoshev - Boshqalarda yo’q
Mirjon Ashrapov - To’ying muborak singlim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты