Bojalar guruhi, Ziyoda - Popuri

[Ziyoda]
Shod-xurramsan doimo,
Noming mashhur el aro,
Jaranglaydi sho`x sozing,
Qo`shiqlaring dilrabo.

Yalla jonim, yalla,
Kuy taratgin baralla.
Qo`shig`ingda yo`q zinhor
Ohu-fig`on va nola. (x2)

[Maqomchi qizlar ansambli]
Sochim uchi qo`ng`iroq,
O`zim aylanay.
Yor, menga qilma firoq,
Ey, voh sanam. (x2)

Yor, menga qilsang firoq-a,
O`zim aylanay,
Boray desam yo`l yiroq-a,
Ey, voh sanam.

Yora, dod-a, o`zim aylanay,
Aylanaman, kimning yorisiz-a,
Ey, voh sanam?

[Bojalar guruhi]
Ey, ey, ey, ey, ey, ey,
Qoshi kamalak, sochi-sochi jamalak.
Qoshi-qoshi kamalak,
Qoshi-qoshi kamalak.

Ey, ha-ha-ha, a…
A, o`zi nima ashulalar bor edi “et”da, a, a, a?

[Maqomchi qizlar ansambli]
Olmacha anoringga balli,
Donai xolingga balli. (x2)

[Bojalar guruhi]
Boqqa kirib, olma yeng, (ha yashang)
Bog`ning olmasi yaxshi. (ha do`st)
Boqqa kirib, olma yeng,
Ha, bog`ning olmasi yaxshi-ya-aa-a-a,
Ha dod-ay.

[Maqomchi qizlar ansambli]
Yorga yaxshi so`zni deng,
Yorning va’dasi yaxshi. (x2)
Olmacha anoringga balli,
Donai xolingga balli. (x2)

[Bojalar guruhi]
Jim, jim, jim, jim,
Jim-jimi daryo ko`ylaging,
Ey, manga qarab, bitta-bitta o`ynagin.
Ha, jimi-jimi daryo ko`ylaging,
Ey, manga bitta qarab, bitta o`ynagin-o.

[Maqomchi qizlar ansambli]
Ming zeb, mingga yoqmasam,
Elga qarab o`ynagin. (x2)
Olmacha anoringga balli,
Donai xolingga balli. (x2)

[Ziyoda]
Yallama yorim yallola, yallolashaylik,
Uchtami-to`rtta bir bo`lib, xasratlashaylik.
Yallama yorim yallola, yallolashaylik, yallolashaylik,
Uchtami-to`rtta bir bo`lib, xasratlashaylik. {x2}

[Bojalar guruhi]
Yallama-yallama, yal-yal…

Yallama yorim, yalla jana,
Yallama yorim, yalla-yalla. (x4)

[Ziyoda]
Yalloladik ohista,
Qalblarga o`t yoqasan.
Musaffo ko`klamlariga
Lolagullar taqasan.

Yalla jonim, yalla,
Kuy taratgin baralla.
Qo`shig`ingda yo`q zinhor
Ohu-fig`on va nola. (x2)

[Bojalar guruhi]
Yallama yorim yallola,
Uchtami-to`rtta gullola.
Oq teragim, ko`k teragim,
Bizdan sizga kim kerak?

Yallama yorim, yalla-yalla,
Uchtami-to`rtta yalla-yalla.
Yallama yorim, yalla-yalla,
To`rttami-beshta, yalla yalla.

[Ziyoda]
Shod-xurramsan doimo,
Noming mashhur el aro.
Jaranglaydi sho`x sozing,
Qo`shiqlaring dilrabo.

Yalla jonim, yalla,
Kuy taratgin baralla.
Qo`shig`ingda yo`q zinhor
Ohu-fig`on va nola. (x2)

Yalla jonim, yalla…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Nuriddin Haydarov - Eshmat o’g’li Mamajon
Ilhom Farmonov - Yashang
Isroil Saidumarov - Olmacha
Bojalar guruhi, Shohruhxon - Dushanbadan
Mahmud Namozov - Ohu-voh


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты