Alisher Fayz, Bahrom Nazarov, Ozodbek Nazarbekov - Mahalla qizlarini

[Bahrom Nazarov]
Ta’rifini biz bilsak bo`ldida yuzlarini,
Oshiqlari ko`payar ko`rsatsa ko`zlarini. (x2)
Begona olib ketsa, alam qilmasligi uchun
Ko`chaga chiqarmaymiz mahalla qizlarini. (x2)

[Alisher Fayz]
Ko`zimizning oldida ochilgan gullar ular,
Oy bag`ridan bog`iga sochilgan durlar ular. (x2)
Ilk sevgisin indamay boshqaga kim ham berar?
Ko`chaga chiqarmaymiz mahalla qizlarini. {x2}

[Bahrom Nazarov]
Oqshom osmonning go`zal yulduzlari to`lganda,
Otasini aldashga bahonalar qilganda, (x2)
Yetti ko`cha naridan shaydolari kelganda, {x2}
Ko`chaga chiqarmaymiz mahalla qizlarini. {x2}

[Alisher Fayz]
Yaxshi qiz mahalladan ortmaydi, deyishadi,
Mana biz turibmizku sevgani, sevilgani. (x2)
Oy to`lishib kelmoqda, yigitlar, ketdik qani, {x2}
Ko`chaga chiqarmaymiz mahalla qizlarini. {x2}

[Ozodbek Nazarbekov]
O`zbekning o`g`lonini rashki baland azaldan,
Hayosi bor go`zalga ishqi baland azaldan. (x2)
Sevmasangiz, singlim, deb g`iybatlardan avaylab, {x2}
Oringizdek asranglar mahalla qizlarini. (x2)

Yigitga yor yarashar, yigitlar yor izlasin,
Chimildiqda chiroyli qiz sochini silasin. (x2)
Rashkingizning dastidan sovchi kelmay qolmasin, {x2}
Ko`ngliga ham qaranglar mahalla qizlarini. {x2}

[Bahrom Nazarov]
Ko`chaga chiqarmaymiz mahalla qizlarini…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Jo'rabek Qodirov - Rashk
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Shahzod Murodov - Yaxshi singlim
Soyib Niyozov - Otasini yig’latganni
Shahnoza Otaboyeva - Yigitlar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты