Faxriddin Umarov - Iltimosga kuning qolmasin

Balki senga ayon, balki noayon, {x2}
Bir hayot hadisina aylayin bayon.
Mayli suvlar kechgin, mayli o`tda yon, {x2}
Ammo iltimosga kuning qolmasin,
Hargiz iltimosga kuning qolmasin.

Sargardon yo`llarda qolsang hamki och, {x2}
Sabru-qanoatni etgin boshga toj.
Notanti insonga bo`lma hech muhtoj, {x2}
Hargiz iltimosga kuning qolmasin. {x2}

Ta’nadir dunyoda yomondan yomon,
Non berib, rangingni aylarlar somon. (x2)
Aqling butun bo`lsa-yu to`rt muchang omon, {x2}
Hargiz iltimosga kuning qolmasin. {x2}

Sahovat ahliga garchi yuz burdim,
Goho dam hayratda lol qotib turdim,
Norning it oldida cho`kkanin ko`rdim,
Hargiz iltimosga kuning qolmasin.

Ey do`stim, demagil qaydin bu tuyg`u,
She’rim sen uchun ham bo`lolsin ko`zgu.
Mening bir jaydari falsafamdir shu: {x2}
Hargiz iltimosga kuning qolmasin,
Aslo iltimosga kuning qolmasin.

Balki senga ayon, balki noayon,
Bir hayot hadisina aylayin bayon.
Mayli suvlar kechgin, mayli o`tda yon, {x2}
Hargiz iltimosga kuning qolmasin,
Aslo iltimosga kuning qolmasin.

Hargiz iltimosga kuning qolmasin…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Abdurauf Olimov - Chaman ichinda bir gul
Alisher Fayz - Qaldirg’och
Sardor Mamadaliyev - Omon yora
Yulduz Usmonova - Adolik
Ozodbek Nazarbekov - Qaldirg’och


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты