Farrux Xamraev - Dadamni ko’rmadingizmi

Ona ayting, qachon qaytar dadamlar?
Qachon qaytishlarin so`rmadingizmi?
Jahon kezib yurgan aziz odamlar,
Siz mening dadamni ko`rmadingizmi?

Ochilmayin xazon bo`lgan lolaman,
Bir yoshimda yetim qolgan bolaman,
O`ylab-o`ylab, tunlar o`yga tolaman,
Siz mening dadamni ko`rmadingizmi?

Otamning ismi bor yurak dog`imda,
Tashlab ketgan meni yoshlik chog`imda.
Do`stlar, ko`chalarda men yo`g`imda
Siz mening dadamni ko`rmadingizmi?

Do`stlar, ko`chalarda men yo`g`imda
Siz mening dadamni ko`rmadingizmi?

Hamma yuribdiku surib davronlar,
Nechun bizning boshga tushdi bo`ronlar?
Bitta savol bilan keldim, yoronlar:
Siz mening dadamni ko`rmadingizmi? {x2}

Otamning ismi bor yurak dog`imda,
Tashlab ketgan meni yoshlik chog`imda.
Do`stlar, ko`chalarda men yo`g`imda
Siz mening dadamni ko`rmadingizmi?

Do`stlar, ko`chalarda men yo`g`imda
Siz mening dadamni ko`rmadingizmi?

Musofir yurtlardan qaytayotganlar,
Dadam bilan suhbat qurmadingizmi?
Jahon xabarlarin aytayotganlar,
Siz mening dadamni ko`rmadingizmi?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Botir Qodirov - Yoronlar
Via Marokand - Mening dadam kapitan
Shohruhxon - Jonim dadam
Asliddin Do'stov - Keldim
Shod guruhi - Dilim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты