Abror Azizov - Omad

Omad kelsa, olchi tushar oshig`ing,
Omad ketsa, topolmaysan qoshig`ing.
Omad kelsa, qarindoshdir yotlar ham,
Omad ketsa, xachirlashar otlar ham. (x2)

Omad kelsa, yoring sendan rozidir,
Omad ketsa, bolang senga qozidir.
Omad kelsa, jonim, derlar mastona,
Omad ketsa, sotadirlar do`stona.

Omad-omad, omad, omad,
Omad ketsa, yigitda bukilar qomat.
Omad-omad, omad, omad,
Omad ketsa, boshida turfa malomat.

Omad kelsa, fazilatdir xatoying,
Omad ketsa, narx ko`tarmas matoying.
Omad kelsa, tushirmaslar to`ridan hech,
omad ketsa, qolish mumkin go`rdan kech.

Omad kelsa, salom qolmas bealik,
Omad ketsa, hatto suyak beilik.
Omad kelsa, omad senga ulfatdir,
Omad ketsa, baxting chala kulfatdir.

Omad-omad, omad, omad,
Omad ketsa, yigitda bukilar qomat.
Omad-omad, omad, omad,
Omad ketsa, boshida turfa nadomat,
Omad ketsa, boshida turfa malomat.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Mahmud Namozov - Derlar
Dilso'z - Yoningda yoring
Sarvar va Komil - Raqs tushar
Azim Mullaxonov - Janona o’ynaysiz
Shoxrux - Salom


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты