Dilso'z - Yoningda yoring

Behuda ko`p gaplar bilan o`zingdan, ayol,
Bezdirma bekor yoru-joning,
Dil uyin vayron eta ko`rmasin hech qachon
Yoningdagi mehriboning.

Kech bo`lgandan keyin sen ko`p bo`lma hayron,
Bu pushaymon qimmatga tushadi yomon.
Ehtiyot bo`l, qalbini qo`yma sindirib,
Sabr degan kosasin qo`yma to`ldirib.

Yoningda yoring,
Yuragingdagi boring,
Ham tanangdagi joning,
Xato – buni unutmog`ing.

Yoningda yoring,
Har dam shirin xayoling,
Ham jufti, ham haloling,
Kerak buni tushunmog`ing.

Yoningda yoring,
Uyda o`chmas chirog`ing.
Hammadan yaqinrog`ing,
Xato – buni unutmog`ing.

Yoningdagi yoring,
Shudir ishongan bog`ing,
Har dam suyangan tog`ing,
Kerak buni tushunmog`ing.

Arzimagan rashklar bilan rejalar tuzma,
Tinchini buzma yoru-joning.
Surib xom xayol yuravermagin, ey ayol,
Ehtiyot qil mehriboning.

Unda ko`ra sevging-la hayron qoldirgin,
Yuragida o`chmas bir olov yondirgin.
Ko`zlari o`zingdan o`zgani ko`rmasin,
O`shanda ham yorning sazasi o`lmasin.

Yoningda yoring,
Yuragingdagi boring,
Ham tanangdagi joning,
Xato – buni unutmog`ing.

Yoningda yoring,
Har dam shirin xayoling,
Ham jufti, ham haloling,
Kerak buni tushunmog`ing.

Yoningda yoring,
Uyda o`chmas chirog`ing.
Hammadan yaqinrog`ing,
Xato – buni unutmog`ing.

Yoningdagi yoring,
Shudir ishongan bog`ing,
Har dam suyangan tog`ing,
Kerak buni tushunmog`ing.

Yoningda yoring,
Yuragingdagi boring,
Ham tanangdagi joning,
Xato – buni unutmog`ing.

Yoningda yoring,
Har dam shirin xayoling,
Ham jufti, ham haloling,
Kerak buni tushunmog`ing.

Yoningda yoring,
Uyda o`chmas chirog`ing.
Hammadan yaqinrog`ing,
Xato – buni unutmog`ing.

Yoningdagi yoring,
Shudir ishongan bog`ing,
Har dam suyangan tog`ing,
Kerak buni tushunmog`ing.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Ayol
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Shuhrat Qayumov - Yolg’iz ayol
Shahrizoda guruhi - Ayol
Sherali Jo'rayev - Atirgulim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты