Yulduz Usmonova - Ayol

Jannatni bag`riga yashirgan gulim,
Do`zahda tillari kuymas bulbulim,
Bolasin quchganda chekingan o`lim,
Dunyo nafas olgan havosan ayol.

Yolg`onlar to`qishar – butun chiqasan,
Haq so`zdan goh bag`ri tutun chiqasan.
Jannatidan goho o`tin chiqasan,
Dunyo ichra o`zing dunyosan ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol,
Zaminga nur qo`ygan samosan ayol.
Ayol, ayol, ayol, ayol,
Dunyo nafas olgan havosan ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol,
Dunyo nafas olgan havosan ayol.
Ayol, ayol, ayol, ayol,
Zaminga nur qo`ygan samosan ayol.

Ko`zing qonin ichib, sarxush kularlar,
Kularlar, ustingdan to`yib kularlar.
So`ngra tizzangga bosh qo`yib o`larlar,
Ne tilsimsan, balki ro`yosan ayol? (x2)

Ayol, ayol, ayol, ayol,
Zaminga nur qo`ygan samosan ayol.
Ayol, ayol, ayol, ayol,
Har kim kuylayolmas navosan ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol,
Har kim kuylayolmas navosan ayol.
Ayol, ayol, ayol, ayol,
Har kim kuylayolmas navosan ayol.

Xush, noxush erkagin mard deb bilganim,
Amrin ko`zga surib, shart deb bilganim,
Niholini eksang, daraxt bilganim,
Dunyo nafas olgan havosan ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol,
Har kim kuylayolmas navosan ayol.
Ayol, ayol, ayol, ayol,
Zaminga nur qo`ygan samosan ayol.

Ayol, ayol, ayol, ayol.
Dunyo nafas olgan havosan ayol.
Ayol, ayol, ayol, ayol,
Har kim kuylayolmas navosan ayol.



Бошка кушик матнлари:


Mahmud Namozov - Dunyosan
Yulduz Usmonova - Xush keldilar
Yulduz Usmonova - Dunyo
Sevara - Eski shaharlik
Kamoliddin Rahmatov - Ajab dunyo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты