Yulduz Usmonova - Bekor

Oyga ergashsang-u yerni ko`rmasang,
Manglaydan oqguvchi terni ko`rmasang,
Eldan olib tursang, elga bermasang,
Yurtning bolasiman, deganing bekor.

Otang obro`siga qaddingni kerib,
Yursang har yulduzni benarvon urib,
Nogoh qoqilsang-u ketmasang turib,
Mardning bolasiman, deganing bekor.

Bekor, bekor, bilaman bekor,
Yolg`iz maydonda olishganing bekor.
Bekor, bekor, hammasi bekor,
Tug`ilmagan haqiqatni izlamoq bekor. (x2)

Bir chimdim alamga qaddingni buksang,
Nomard poyin o`pib, unga tiz cho`ksang,
Qizg`aldoq misoli bargingni to`ksang,
Tog`ning lolasiman, deganing bekor.

Bolang bo`zlab tursa, ko`zga ilmasang,
Onang motamida yig`lay bilmasang,
Daryolar to`lsa-yu sen bir to`lmasang,
Qalbning nolasiman, deganing bekor.

Bekor, bekor, bilaman bekor,
Yolg`iz maydonda olishganing bekor.
Bekor, bekor, hammasi bekor,
Tug`ilmagan haqiqatni izlamoq bekor. (x2+x4)

Yolg`iz maydonda olishganing bekor… {x3}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ahror Usmonov - Bekor
Setanho guruhi - Sen bo’lmasang
Farrux Xamraev - Kollej qizlari 2
Zohirshoh Jo'raev - Yig’layverma
Tohir Mahkamov - Qandoq chiday


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты