Tohir Mahkamov - Qandoq chiday

[Monolog]
Siz yaxshi ko`rgan qiz boshqa bir begona insonga turmushga chiqib ketgan,
begona insonning yori. Siz yurganingizda ham, turganingizda ham o`sha qizni,
o`sha yoringizni o`ylaysiz.

Xayolimdan o`tib tursang, qandoq chiday,
Zimdan ta’qib etib tursang, qandoq chiday?
Bir paytlar meni kutgan eshigingdan
Begonani kutib tursang, qandoq chiday?

Qandoq chiday, qandoq chiday, qandoq chiday?

Nega tinch qo`ymaysan, yuragim, meni,
Qalbim devoriga bag`ringni urib.
Shunchalar ummonli firoqing sening,
Munchalar yig`laysan, madoring qurib?

O`tinib so`rayman, yig`lama yurak,
Muhabbat chiroyin sig`dirgan nigor.
Qalbi tun bo`lsa-da ayrilma, aslo
Dunyoni qon bilan yuvsa-da, ming bor.
Sevgini qadr etmas, bevafo falak
O`tinib so`rayman, yig`lama yurak.

Xayolimdan o`tib tursang, qandoq chiday,
Zimdan ta’qib etib tursang, qandoq chiday?
Mehrimga zor ekanliging tutib pinhon,
Beparvoday kulib tursang, qandoq chiday?

Mehrimga zor ekaningni tutib pinhon,
Beparvoday kulib tursang, qandoq chiday?
Qandoq chiday, qandoq chiday, qandoq chiday?

Do`stlarimdan meni so`rab, lek o`zimga
Aytar so`zing yutib tursang, qandoq chiday? (x2)
Suratingga boqsam etib bag`rimni qon,
Nigohing-la otib tursang, qandoq chiday? (x2)

Qandoq chiday, qandoq chiday, qandoq chiday?

Bir paytlari meni kutgan eshigingdan,
Begonani kutib tursang, qandoq chiday? (x1+x1)
Naylay, ziyor sevgilim, dilda mangu
Xanjar kabi botib tursang, qandoq chiday? (x2)

Qandoq chiday, qandoq chiday, qandoq chiday? {x2}
Qandoq chiday…



Бошка кушик матнлари:


Shoxrux - Hayr bevafo
Zohirshoh Jo'raev - Falak
Janob Rasul - Ming’ir-ming’ir
Ahror Usmonov - Ayrilma
Yulduz Usmonova - Qadr yig’laydi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты